Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Valverde «Barselona»dan ketish damlari haqida gapirdi

Valverde «Barselona»dan ketish damlari haqida gapirdi

Автор: admin


«Barselona» sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde klubdan iste’foga chiqarilgach, buni qanday qabul qilganligi haqida gapirdi.
«Barselona»dek jamoani boshqarib, omadim kelgan deya olaman. Bu klubda faoliyat olib borish qay daraja ahamiyatli ekanligini juda yaxshi tushunaman. Jamoa bilan shartnoma imzolaganingdayoq, bu klubdagi taqdiring faqatgina natijaga bog‘liq ekanligini tushunasan. Katta klublarda murabbiy har qanday holatda javobgarligicha qoladi.
«Barsa»da menga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lishdimi, deb hattoki o‘ylamaganman. Ammo bilamanki, bunday joyda ishlaganingdan keyin odamlar bu savolni ko‘p muhokama qilishadi, turli bahslarga kirishishadi. Sen esa bunday qiyin paytda hayotingni o‘tgan qismini xuddi sahifani varoqlagandek o‘tkazishing va ortga qaramasliging muhim. 
Rejalarim? Ochig‘ini aytsam, kelajagim borasida hali hech qanday qarorga kelganim yo‘q. Balki yaqin orada g‘ayrioddiy sayohatga yo‘l olarman. O‘z vaqtida Inesta to‘satdan Yaponiyaga ketayotganligini aytganida, bu qaror menga ham hayratli ko‘ringandi. Ammo, bu taqdir, ertaga nima bo‘lishini bilmaysan», - deya Valverdening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.


7     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *