Londonliklar yuqori transferni tashkil qilishga urinmoqdalar.
"Chelsi" "Borussiya" hujumchisi Erling Holland transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. London klubi allaqachon Dortmund jamoasiga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
"Chelsi" norvegiyalik hujumchi uchun 156 million evro to'lashga tayyor. Oldinroq "Borussiya" Holland uchun 175 million olmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" Mendi va Kepening o'rniga yangi darvozabon topdi.