Futbolchilar Inzagining rejalariga kirmaydi.
"Inter" mavsum boshlangunga qadar ikki futbolchidan qutulmoqchi. Gap yarim himoyachilar Arturo Vidal va Raja Nayngolan haqida ketmoqda. Bu haqda italiyalik insayder Nikolo Shira xabar berdi.
Ikkala futbolchi ham yangi murabbiy Filippo Inzagining rejalariga kiritilmagan. Bundan tashqari, "Inter" ish haqini qisqartirishi kerak.
Vidal Milan klubida 6,5 million, Nainggolan esa 4,8 million evro ishlab topadi.