Goal24.uz » Jahon » Eng yosh va qimmat futbolchilar top-7 ligi

Eng yosh va qimmat futbolchilar top-7 ligi

Автор: admin


Bugun biz 21 yoshgacha bo‘lgan yosh yulduzlar to‘grisida sizlarga ma’lumot beramiz.
 
7. Erling Xoland
Yoshi: 19
Hozirgi klubi:”Borussiya Dortmund”
Transfer narxi: 45 mln evro
xoland
Erling Xoland futbol sirlarini “Bryune” akademiyasida o‘rgana boshlagan. Uning otasi ham shu akademiyada tahsil olgan va mashhur futbolchi bo‘lib etishgan. 2016 yilda 15 yoshida asosiy jamoada debyutini o‘tkazgan Erling ilk mavsumida 16 ta o‘yinda maydonga tushgan. 
 
2017 yil fevral oyida esa Xoland “Molde” jamoasiga o‘tadi. Uning transfer narxi 100 ming evroga baholangan. Iyun oyida esa yangi jamoasida debyutini o‘tkazadi va ilk golini avgust oyida uradi. “Molde” jamoasida Xolandning ustozi Ule-Gunnar Sulsher edi. 
 
2019 yil 1 yanvarida Xoland “Red Bull Zaltsburg” jamoasiga o‘tadi. Birinchi yarim yillikda erling 4 marta maydonga tushadi va atigi bitta gol uradi. Ammo 2019/2020 yilgi mavsum boshlanishi bilan uning fantastik o‘yini ham boshlanadi. 21 ta o‘yinda 25 ta gol uradi. Ularning 8 tasi Chempionlar ligasida urilgan. 
 
2019 yil 29 dekabrida Dortmundning “Borussiya“si Erling Xolandni 20 mln evroga xarid qilganini e’lon qildi. 18 yanvarda Xoland debyut o‘yinidayoq xet-trik qayd etdi. “Augsburg”ga qarshi o‘yinda 56 daqiqada zahiradan maydonga tushib, 3 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi. Ikkinchi o‘yinida esa yana zahiradan tushdi va bus afar dubl qayd etdi. 1 fevral sanasida uchinchi o‘yinida asosiy tarkibda mayonga tushdi va “Union”ga qarshi kechgan bahsda nabatdagi dublini qayd etdi. 7 ta gol urishi uchun Xolandga 8 ta zarba kerak bo‘ldi. 
 
Sovrinlari: 2018/2019 yilgi mavsum Avstriya chempioni, 2018/2019 Avstriya Kubogi sohibi
 
6. Matteys de Ligt
Yoshi: 20
Hozirgi jamoasi: “Yuventus”
Transfer narxi: 75 mln evro
De ligt
Gollandiyaning “Abkaude” akademiyasida futbol sirlarin o‘rganishni boshlagan de Ligt oradan 3 yil o‘tib “Ayaks”ga kelib qo‘shildi. 2015 yilda jamoa bilan professional shartnoma imzoladi. Debyut o‘yini “Xerenven”ga qarshi o‘yinda bo‘ladi. Matteys zahira futbolchisi edi. Jamoasi bilan Evropa ligasi finaliga qadar boradi. Finalda “Manchester Yunayted”ga yutqazib qo‘yadi. Butun mavsum davomida futbolchi 24 ta o‘yinda maydonga tushadi va 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ladi. 
 
2017/2018 yilgi mavsumda esa jamoasining asosiy futbolchisiga aylanadi. Kelasi mavsumda ham jamoa uning xizmatlaridan unumli foydalana boshladi. 2018/2019 yilgi mavsumda “Ayaks” bilan yarim finalgacha boradi. Yarim finalda “Tottenxem” amsterdamliklarni turnirdan chiqarib yuboradi. Chempionatda esa birinchi o‘rinni egallab, mamlakat kubogida ham zafar quchishadi.
 
2019 yil iyul oyida “Yuventus” futbolchini 85 mlnga xarid qildi. 
 
Sovrinlari: 2018/2019 Gollandiya chempioni, 2018/2019 Gollandiya Kubogi sohibi
 
5. Kay Xaverts
Yoshi: 20
Hozirgi jamoasi: “Bayer”
Transfer narxi: 90 mln evro
KAy
Kay Xaverts futbolchilar oilasida tavallud topdi. 2010 yilda oilasi bilan birga Leverkuzenga ko‘chib o‘tadi. U erda “Bayer” akademiyasida shug‘ullana boshlaydi. 2016/2017 yilgi mavsumda yoshlar jamoasida o‘z mashg‘ulotlarni boshlaydi. Kuzda esa asosiy jamoa murabbiylari e’tiboriga tushadi. 15 oktabrda “Verder”ga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazadi. Asosiy jamoada debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylanadi. O‘shanda Kay 17 yoshda edi. Debyut mavsumida 28 ta o‘yin o‘tkazadi va 4 ta gol uradi. 
Bir mavsumdan so‘ng esa, jamoaning almashtirib bo‘lmas futbolchisiga aylandi. 
 
Sovrinlari: hozircha yo‘q.
 
4. Joau Felish
Yoshi: 20
Hozirgi jamoasi: “Atletiko Madrid”
Transfer narxi: 100 mln evro
Felish
Felish Portugaliyaning Vizeu shahrida tavallud topgan.  6 yoshida uydagilari uni “Peshtinyash” akademiyasiga berishadi. Bir yildan so‘ng esa Portugaliyaning eng yaxshi jamoalari yosh Joauga qiziqa boshlashdi. Felish “Portu”ni tanladi. Ammo u erda Felishni judayam nimjon deya hisoblashdi va rahbariyat bilan muammolar kelib chiqa boshladi. 15 yoshida “Portu”ni “Benfika”ga almashtirdi.
 
2016 yil sentabr oyida Joau Felish lissabonliklarning ikkinchi jamoasida debyutini o‘tkazadi. 15 sentabr sanasida esa o‘zining ilk golini uradi. Ilk mavsumida “Benfika B” jamoasida 13 o‘yinda 3 ta gol urdi. Keyingi mavsumni ham shu erda o‘tkazib, 17 o‘yinda 4 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 
 
2018/2019 yilgi mavsum boshida asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlar o‘tay boshladi. 2018 yil 18 avgustda debyutini nishonladi. Portugaliyalik futbolchi sekin-asta jamoaning asosiy futbolchisiga aylana boshladi. 2019 yil aprel oyida Evropa ligasida “Ayntraxt” darvozasiga 3 ta gol urdi va turnir tarixida xet-trikka erishgan eng yosh futbolchiga aylandi. 
 
Yoz oyida esa Felish “Atletiko”ga 126 mln evro evaziga kelib qo‘shildi. Shundan beri jamoa bilan 24 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
 
Sovrinlari: 2018/2019 Portugaliya chempioni, 2018/2019 Millatlar Kubogi sohibi
 
3. Trent Aleksander-Arnold
Yoshi: 19
Hozirgi jamoasi: “Liverpul”
Transfer narxi: 110 mln evro
Trent Aleksander
Trent Aleksander-Arnold “Liverpul” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Brendan Rodjers futbolchini 16 yoshida o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushira boshlagan. 
 
2016 yil 25 oktabrda esa Liga Kubogida “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazadi. Ilk mavsumida 12 ta o‘yinda maydonga tushadi. 
 
2017/2018 yilgi mavsum boshida Nataniel Klayn jarohat olgani bois, Trent Aleksander maydonga ko‘proq tushadigan bo‘ldi. 
 
2018/2019 yilgi mavsumni esa jamoaning asosiy o‘ng qanot himoyachisi sifatida boshlaydi. O‘sha mavsumda “Liverpul” bilan birga Chempionlar ligasida zafar quchdi. Yarim finalda “Barselona”ga qarshi o‘yinda Divok Origiga burchak zarbasidan to‘pni oshirgan aynan Trent Aleksander edi. O‘sha gol “qizillar”ga finalga chiqish eshiklari ochdi. 
 
Ushbu mavsumda esa Aleksander-Arnold 31 ta o‘yinda maydonga tushdi. Mavsum so‘nggida esa Angliya chempioni bo‘lishi mumkin.
 
Sovrinlari: 2018/2019 yilgi Chempionlar ligasi, 2019 yilgi UEFA superkubogi, 2019 yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi. 
 
2. Jeydon Sancho
Yoshi: 19
Hozirgi jamoasi: “Borussiya Dortmund”
Transfer narxi: 120 mln evro
Sancho
Sancho futboldagi ilk qadamlarini “Uotford” akademiyasida qo‘ya boshlagan edi. “Mancheser Siti” futbolchiga jiddiy qiziqish bildirib, 172 ming evroga sotib oladi. “Shaharliklar” futbolchiga o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon bermadi. 2017 yilda Sancho “Borussiya” safiga o‘tdi. Uning transfer narxi 8 mln evroni tashkil etdi. Jeydon “Borussiya” safida to‘p suradigan ilk angliyalik futbolchi hisoblandi. 
 
2018/2019 yilgi mavsumdan boshlab dortmundliklarning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Ushbu mavsumda esa Sancho 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi. 
 
Sovrinlari: 2019 yil Germaniya superkubogi sohibi
 
1. Kilian Mbappe
Yoshi: 21
Hozirgi jamoasi: “PSJ”
Transfer narxi: 200 mln evro
Mbappe
Mbappe professional faoliyatini Frantsiyaning “Bondi” jamoasida boshlaydi. Keyinchalik esa “Monako” akademiyasiga o‘tadi. Mbappe u erda o‘zini eng yaxshi tarafdan ko‘rsata boshladi. 
 
2015 yil dekabr oyida asosiy jamoada debyutini o‘tkazadi. “Kan”ga qarshi o‘yinda eng oxirgi daqiqalarda futolchiga imkoniyat beriladi. 
 
2016/2017 yilgi mavsumda futbolchi jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi. “Monako” bilan fantastik o‘yinlarni o‘tkazgan Mbappe 2017 yil yozida “PSJ” safiga ijara asosida o‘tadi. Yangi jamoasida ham asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. 44 o‘yinda 21 ta gol urgan futbolchidan jamoa rahbariyati minnatdor bo‘ldi. 2018 yilda esa jamoa uning transferini butunlay sotib oldi. Futbolchi parijliklar uchun 145 mln evroga tushdi. 
 
Hozirgi kunda Mbappe dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi. Yoshiga munosib bo‘lmagan o‘yin ko‘rsatadigan futbolchining xizmatlariga “Real” jiddiy qiziqish bildiryapti. 
 
Sovrinlari: 2016/2017, 2017/2018, 2018/2019 Frantsiya chempioni, 2017/2018 Frantsiya liga Kubogi, 2017/2018 Frantsiya Kubogi, 2019 Frantsiya superkubogi, 2018 yil Jahon chempioni. 

24     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *