Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Atalanta" Romero uchun "Tottenxem" dan 55 million talab qilmoqda

"Atalanta" Romero uchun "Tottenxem" dan 55 million talab qilmoqda

Автор: admin

"Shporlar" futbolchi bilan shartnoma imzolashlari kerak.

Angliyaning "Tottenxem" klubi "Atalanta" himoyachisi Kristian Romero bilan shartnoma imzolamoqchi. Jurnalist Fabrizio Romano xabar qildi.

Unga ko'ra, 23 yoshli futbolchi "shporlar" 55 million evro to'lagan taqdirdagina Bergama klubini tark etishi mumkin.

"Atalanta" Romerni tark etishi uchun unga o'rinbosar topib bo'lgan. Klub o'z safida "Lill" himoyachisi Sven Botmani ko'rishni istaydi.

Eslatib o'tamiz, Kristian Romero - A Seriyaning 2020/21 yilgi mavsumdagi eng yaxshi himoyachisi.
71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *