Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Yuventus" "Barselona" da Ronalduga o'rinbosar topdi

"Yuventus" "Barselona" da Ronalduga o'rinbosar topdi

Автор: admin

Turin klubi portugaliyalik yulduzning ketishidan qo'rqadi.

"Yuventus" Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin bo'lgan variantni ko'rib chiqmoqda. Portugaliyalik hali ham uning kelajagi haqida bir qarorga kelgani yo'q. Frantsiyaning PSJ klubi futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, agar Ronaldu ketadigan bo'lsa, "Yuventus" "Barselona" forvardi Antuan Grizmanni sotib olishga harakat qiladi. Kataloniya klubi ham katta maosh oladigan futbolchidan qutulishga qarshi emas.

Oldinroq Grizmann "Atletiko Madrid" ga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *