Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Tottenxem" ning belgiyalik himoyachisi Tobi Alderveyreld jamoani tark etishga yaqin turibdi.

"Tottenxem" ning belgiyalik himoyachisi Tobi Alderveyreld jamoani tark etishga yaqin turibdi.

Автор: admin

Londonning "Tottenxem" klubining belgiyalik himoyachisi Tobi Alderveyreld faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Nikolo Shiraning tvitterda yozishicha, Qatarning al-Duhail tajribali himoyachiga uch yillik shartnoma taklif qilmoqda. Bitimning moliyaviy tomoni haqida ma'lumot yo'q.

Ta'kidlash joizki, Alderveyreldning "Shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozigacha amal qiladi. O'tgan mavsumda himoyachi London klubi safida APLning 35 uchrashuvida maydonga tushdi va bitta gol urdi.

Oldinroq "Tottenxem" "Atalanta" darvozaboni Perluiji Gollini ijaraga olgani haqida xabar berilgan edi.
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *