Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Hafta o‘yinlari: A Seriya va La Ligada peshqadamlar «jangi», APLda «Chelsi» - «MYU» to‘qnashuvi

Hafta o‘yinlari: A Seriya va La Ligada peshqadamlar «jangi», APLda «Chelsi» - «MYU» to‘qnashuvi

Автор: admin

Ushbu haftaning dam olish kunlari Yevropada bir qator shiddatli o‘tishi kutilayotgan markaziy o‘yinlar kutib turibdi. Tribuna.uz quyidagi eng muhim to‘rt qarama-qarshilikni o‘tkazib yubormaslikni tavsiya qiladi.
 Ispaniya La Ligasi. 24-tur
15 fevral (shanba)
«BARSELONA» - «XETAFE»
O‘yin boshlanish vaqti: 
20:00
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV» 
Ispaniya chempionatining 24-turidagi markaziy o‘yini maqomini «Valensiya» - «Atletiko» bahsidan tortib olgan o‘yin «Barselona» - «Xetafe» bahsidir. Mehmon jamoaning oldingi mavsumlarda «Kamp Nou»dagi safari oddiy o‘yindek o‘tgan bo‘lsa, bu safargi tashrif Kike Setyan jamoasini hadiqda ushlab turibdi. Har holda Barselonaga La Liga doirasidagi so‘nggi to‘rt o‘yinda 4 g‘alabaga erishib, o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan «Xetafe» kelmoqda. Poytaxt Madrid yaqinida joylashgan Xetafe shahri jamoasi mavsum kashfiyoti sifatida 3-o‘ringa chiqib oldi va endi nafaqat geografik jihatdan, turnir jadvalida ham Xetafe jamoasi peshqadam Madridga yaqinlashdi. Xetafeliklar Kataloniyaga sayrga kelmasliklari aniq. Mezbonlarning tarkibdagi muammolariga qaramay, «Kamp Nou»dagi 2 va 3-o‘rinlarni egallab turgan klublar o‘rtasidagi bahs murosasiz o‘tishi aniq.
 O‘zaro so‘nggi 5 uchrashuv:
Xetafe – Barselona – 0:2
Barselona – Xetafe – 2:0
Xetafe – Barselona – 1:2
Barselona – Xetafe – 0:0
Xetafe – Barselona – 1:2
Italiya A Seriyasi. 24-tur
15 fevral (shanba)
«ATALANTA» - «ROMA»

O‘yin boshlanish vaqti: 00:45
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
Nafaqat Italiya, balki Yevropaning ham eng quvnoq jamoalaridan biriga aylangan «Atalanta» klubi bu turda turnir jadvalida o‘zidan bir pog‘ona pastda borayotgan «Roma»ga qarshi saf tortadi. Bergamoliklar sermahsullikda A Seriyada tengsiz jamoa bo‘lib turgan bo‘lsa, Rim klubi «Yuventus»ga mag‘lub bo‘lgach, haligacha o‘ziga kela olmadi. So‘nggi ikki turda ham «Roma» ochko yo‘qotdi, shunga qaramay o‘z o‘rnini boy bergani yo‘q. Bu bahs rimliklar uchun o‘ziga kelish imkonini beradi. Aksincha holat kuzatilib, «Atalanta» «bo‘rilar»ni ham ayamasa, mehmonlar Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rinlardan uzoqlashishi hech gap emas. Shunday ekan, aynan ushbu bahsda YeCHLning yangi mavsumida Italiyaning 4-klubi kim bo‘lishi amalda oydinlashsa, ajabmas.
 O‘zaro so‘nggi 5 uchrashuv:
Roma – Atalanta – 0:2
Atalanta – Roma – 3:3
Roma – Atalanta – 3:3
Roma – Atalanta – 1:2
Atalanta – Roma – 0:1
 Italiya A Seriyasi. 24-tur
16 fevral (yakshanba)
«LASIO» - «INTER»
O‘yin boshlanish vaqti: 
00:45
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»

Italiya A Seriyasining joriy mavsumdagi eng muhim o‘yinlaridan biri ushbu turda kuzatiladi. Peshqadamlar «Latsio» va «Inter» klublari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Rimda o‘tadigan avvalgi o‘yinlarda milanliklarning ustunligi sezilsa-da, bugungi «Latsio»ni avvalgisi bilan solishtirish qiyin. «Burgutlar» uchun bu to‘qnashuvning ahamiyati va bahosi o‘ta yuqori. «Latsio»ning g‘alabasi Immobile goleadorligidagi bu jamoaga skudetto sari ulkan qadam bo‘ladi. Ammo, Antonio Konte jamoasi ham «Milan derbisi»dagi kambekdan so‘ng, Rimga jangovar kayfiyatda tashrif buyurishlari aniq. Bu qarama-qarshilik tomoshabinlar mehrini qozonayotgan A Seriyaning “gultoji”ga aylansa ajab emas. Albatta, tomosha qiling!
O‘zaro so‘nggi 5 uchrashuv:
Inter – Latsio – 1:0
Inter – Latsio – 0:1
Latsio – Inter – 0:3
Latsio – Inter – 2:3
Inter – Latsio – 0:0
 Angliya Premer-ligasi. 26-tur
17 fevral (dushanba)
«CHELSI» - «MYU»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
Angliya Premer-ligasi muxlislari ikki haftalik ta’tildan keyin yana markaziy o‘yindan bahramand bo‘lishadi. Azaliy raqiblar sanalmish «Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi to‘qnashuv dushanba oqshomida o‘tkazilsa-da, muxlislar e’tiborida bo‘lishi aniq. Londondagi bu bahsda mavsum yakunlariga ko‘ra, Premer-ligadan Chempionlar ligasiga yo‘llanma oladigan yana bir jamoa amalda aniq bo‘lishi hech gap emas. Sulsher jamoasi Lempard klubiga mag‘lub bo‘lsa, asosiy raqobatchisidan 9 ochkoga ortda qolishi mumkin. Ammo, «Sheffild» va «Tottenhem» kurashda imkon bo‘ladi. Shunday ekan, YeCHL maqsadidagi Manchester klubi «Stemford Bridj»ga faqat g‘alaba ilinjida kelishi aniq. Har holda «Yunayted»ning bu stadiondagi so‘nggi uch tashrifi juda omadli bo‘lgan. Umuman olganda esa, «Chelsi» 5 o‘yindan buyon «MYU»ni mag‘lub eta olmayapti. Ko‘ramiz, bu safar kimning an’anasi davom etirkan?
 O‘zaro so‘nggi 5 uchrashuv:
Chelsi – Manchester Yunayted – 1:2
Manchester Yunayted – Chelsi – 4:0
Manchester Yunayted – Chelsi – 1:1
Chelsi – Manchester Yunayted – 0:2
Chelsi – Manchester Yunayted – 2:2
265   
Добавить комментарий
Ваше имя: *