Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Rasman: "Barselona" va Neymarning sud jarayoni yakunlandi

Rasman: "Barselona" va Neymarning sud jarayoni yakunlandi

Автор: admin

Kataloniya klubi sobiq futbolchi bilan bog'liq ziddiyatli vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

"Barselona" Neymar va uning atrofidagilar bilan barcha sud jarayonlari tugaganligini e'lon qildi. Tomonlarning endi bir-birlariga da'volari yo'q.

Avvalroq, mehnat inspektsiyasi va fuqarolik protsessida uchta da'vo ro'yxatdan o'tgan edi. Neymar "Barcelona" bilan tuzilgan eski kelishuv bo'yicha qo'shimcha to'lovlarni talab qildi. Bu taxminan 50 million evroni tashkil qildi.

Neymar "Barselona" tarkibida 2013 yildan 2017 yilgacha o'ynagan. Keyin u dunyodagi eng qimmat futbolchiga aylandi. PSJ kataloniyaliklarga futbolchi uchun 222 million evro to'lagan.
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *