Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti» yevrokuboklardan ikki mavsumga chetlatildi

«Manchester Siti» yevrokuboklardan ikki mavsumga chetlatildi

Автор: admin

UEFA «Manchester Siti» klubini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan deb topdi va yevrokuboklardan ikki mavsumga chetlatdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bundan tashqari, klub 30 mln yevro miqdorida jarimaga ham tortildi. 
«Manchester Siti» 2012-2016 yillarda homiylardan olgan daromadlarini oshirib ko‘rsatib, litsenziyalash va moliyaviy feyr-pley qoidalarini jiddiy tarzda buzgan va bu bilan UEFAni chalg‘itgan. 
Qayd qilish joizki, «Manchester Siti» bu qaror ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat berishi mumkin.


176   
Добавить комментарий
Ваше имя: *