Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ronald Kuman «Barselona»ning ikki transferini bekor qildi

Ronald Kuman «Barselona»ning ikki transferini bekor qildi

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman klub rahbariyati jamoaga taklif etmoqchi bo‘lgan ikki futbolchining transferini bekor qildi.
AS nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati «Lill» yarimhimoyachisi Renatu Sanshesh va «Atalanta» himoyachisi Kristiana Romeroni «Barsa»ga taklif etmoqchi bo‘lgan. Ammo niderlandiyalik mutaxassis 23 yoshli portugaliyalik va 23 yoshli argentinalik o‘yinchilarning jamoani kuchaytira olmasligini aytib, transferni bekor qilgan.
Ma’lumot uchun, «Barselona» 31 iyul kuni «Shtutgart», 4 avgust kuni esa «Red Bull Zalsburg» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. 
La Liga doirasidagi 1-tur o‘yini esa 15 avgust kuni «Kamp Nou»da o‘tib, shu kuni «Barsa» «Real Sosedad»ni qabul qiladi.
80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *