Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola yozda «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin

Gvardiola yozda «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda jamoani tark etishi mumkin. Bunga sabab «shaharliklar»ning 2 mavsumga Yevrokuboklardan chetlatilganidir, deb xabar beradi The Telegraph.
Manbaning ta’kidlashicha, ko‘p narsa «Manchester Siti» bergan apellyatsiya va UEFA hamda CAS (Sport arbitraj sudi) qarorni bekor qilish-qilmasligiga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, UEFA mankunianliklarni moliyaviy feyr-pleyga amal qilishmagani uchun 2 yilga Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasidan chetlatdi. Shuningdek, moliyaviy firibgarlik uchun 30 mln yevro jarima soldi. 
Agar «Manchester Siti» jazoni bekor qilishga erisha olmasa, 2020/2021 va 2021/2022 yilgi mavsumlarda Yevrokuboklarda qatnashmaydi.


159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *