Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Shomurodovning «Jenoa»dan «Roma»ga o‘tishi «Rostov»ga qancha foyda keltirishi ma’lum bo‘ldi

Shomurodovning «Jenoa»dan «Roma»ga o‘tishi «Rostov»ga qancha foyda keltirishi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Eldor Shomurodovning «Jenoa»dan «Roma»ga o‘tishidan o‘zbekistonlik hujumchining sobiq klubi «Rostov» ham o‘z ulushiga ega bo‘ladi.
Eurostavka xabariga ko‘ra, Eldorning Genuya klubidan Rim jamoasiga transferidan tushadigan mablag‘ning 15 foizi Rossiya klubi hisob raqamiga o‘tkazib beriladi. 
«Roma» Shomurodovning bir yillik ijarasi uchun «Jenoa»ga 2,5 million yevro to‘lasa, shundan 375 ming yevro «Rostov»ga beriladi. Ijara muddati yakunida rimliklar o‘zbekistonlik forvardni 17 million yevroga to‘laqonli transferni amalga oshirishsa, «Rostov» yana 1,5 million yevroga ega chiqadi. Bu mablag‘ Shomurodovni «Rostov»dan 7,5 million yevroga sotib olgan «Jenoa»ning transferdan tushgan daromadining 15 foizidir.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov «Roma» klubi qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, 1 avgust kuni Italiyadan «Roma»ning Portugaliyadagi mavsum oldi yig‘iniga borib qo‘shilgandi.
Ma’lumot uchun, Shomurodovning transferidan uni tarbiyalagan Muborakning «Mash’al» klubi ham o‘z ulushiga ega bo‘ladi.
108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *