Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » “Jenoa” Eldor Shomurodovning keyingi transferidan qancha ulush olishi ma’lum bo‘ldi

“Jenoa” Eldor Shomurodovning keyingi transferidan qancha ulush olishi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Eldor Shomurodovning “Jenoa”dan “Roma”ga transferi shartlari aniq bo‘ldi.
Genuyaliklar 26 yoshli hujumchining keyingi transferidan 20% ulush oladi.
“O‘tgan hafta transfer borasidagi kelishuvga erishildi. Ijara va keyinchalik xarid qilish asosiy variant edi. Futbolchi ijaraga olinishi, “Roma”dagi birinchi rasmiy o‘yinidan so‘ng to‘liq sotib olinishi kerak edi. Ammo yakunda to‘liq transfer va keyingi transferdan 20% ulushga to‘xtalishdi”, — deydi vaziyatdan xabardor vakil.
Undan tashqari o‘tkazilgan o‘yinlarda qayd etilgan natijalar uchun bonuslar ham shartnomaga kiritilgan.
“Shartnomada bonuslar zinapoyasi ko‘rsatilgan — 5 yillik shartnoma davomida 15, 30 va 45 ta o‘yinlar uchun. “Jenoa” futbolchining ishtirokidan umumiy hisobda 2 million yevro olishi mumkin”, — deydi “Roma” vakili.
Rim klubi Eldor Shomurodovni “Jenoa”dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. Shomurodov “Roma” bilan 2026-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi yangi klubi safida 14-raqamda harakat qiladi.
Shomurodov 2020/21-yilgi mavsum boshida “Rostov”dan 7,5 million yevro evaziga “Jenoa”ga o‘tgandi. Bungacha u “Mash’al” va “Bunyodkor” klublarida to‘p surgan. Eldor ortda qolgan mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *