Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Kilian Mbappening oilasi Madriddan uy qidirmoqda

Kilian Mbappening oilasi Madriddan uy qidirmoqda

Автор: admin

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe "PSJ"dan "Real"ga o‘tishga ancha yaqin, deb xabar beradi El Chiringuito nashri jurnalisti Pipi Estrada.
Manbaga ko‘ra, fransuz hujumchisining oilasi allaqachon Madriddan uy sotib olishga harakatni boshlashgan.
Avvalroq, "PSJ" futbolchini shu yozda qo‘yib yubormoqchi emasligi haqida xabar berilgandi, lekin uning shartnomasi tugashiga bir yil qolganligi sababli, u kelasi yoz erkin agent sifatida ketishiga to‘g‘ri keladi. Bu holatni esa Parij klubi vakillari xohlashmaydi.
Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, hozircha faqat "Real" Mbappaga da’vogarlik qilmoqda va futbolchining o‘zi ham Madrid klubiga o‘tishni xohlamoqda. Shuning uchun ham Kilian "PSJ" rahbariyatiga shartnomani uzaytirmasligini allaqachon ma’lum qilgan.
72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *