Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Inter" "Atalanta" hujumchisi bilan shartnoma borasida kelishib oldi

"Inter" "Atalanta" hujumchisi bilan shartnoma borasida kelishib oldi

Автор: admin

Sapata Milanga ko'chib o'tadimi?

"Inter" tezda hujumchi Romel Lukakuning o'rnini bosuvchi topdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Atalanta" hujumchisi Duvan Sapata "neradzurrilar" safiga qo'shiladi. Transfer "Inter" Romelu Lukakuni "Chelsi" ga sotgandan so'ng amalga oshadi.

Qayd etilishicha, "Inter" allaqachon "Atalanta" hujumchisi bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. O'tgan mavsumda Sapata A Seriyada 15 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
46   
Добавить комментарий
Ваше имя: *