
Rimning "Latsio" klubi yozda "Chelsi" forvardi Olive Jiruni erkin agent sifatida A Seriyaga olib kelishni rejalashtirmoqda.
The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, rimliklar iyunda erkin agent maqomini oladigan frantsiyalik forvard uchun dastlabki shartnoma taklif qilishdi.
Jiruning o‘zi esa qaror qilishga shoshilmoqchi emas, chunki forvard uchun Londonning boshqa bir klubi "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.