Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Liverpul"da qaysi xujumchi etakchi? Salax, Mane yoki Firmino?

"Liverpul"da qaysi xujumchi etakchi? Salax, Mane yoki Firmino?

Автор: admin


Bugungi kunga kelib, qizillarning Premer Ligadagi ochkosi uning eng yakin taqibchisi xisoblanmish Manchester sitidan 22 ochko ko‘p , va ular o‘zlari o‘tkazgan 25 o‘yindan 24tasida g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘lishgan. Ularning ximoyasi esa shunchaki daxshat: 25 o‘yinda atigi 15ta gol o‘tkazib yubordi hamda bu natija bo‘yicha Angliya jamoalari orasida etakchi xisoblanadi. Ular himoyasining mustaxkam o‘yini esa xujumdagi trioga katta imkoniyatlar bermoqda.
Liverpulning bu o‘yinida xal qiluvchi rolni –  ajoyib trio xisoblanmish Roberto Firmino, Muxammad Salax va Sadio Manelar egallaydi. 2017/2018 yilgi mavsumda bu trioda Salax etakchilik qilgan bo‘lsa 2018/2019 mavumda esa Mane o‘zining muhim gollari va foydali o‘yini bilan trioda ajralib turgan edi.
Ammo 2019/2020 mavsumda ushbu trioda kim etakchilik qilmokda? Qay biri jamoaning ham Premer Ligada ham Chempionlar Ligasidagi o‘yinlarida yaxshiroq o‘ynamoqda? Bu borada xamma har xil fikrda va bu jarayon ancha baxsli bo‘lganligi sababli, statistikaga murojat qilamiz!
Asosiy statistika
Chempionlar Ligasi xamda Premer Ligasi doirasida Firmino jami bo‘lib 31 ta o‘yinda 2498 daqiqa davomida maydonda harakat qildi. Salaxda bu ko‘rsatkich 28 o‘yinda 2425 daqiqani, Maneda esa 28 o‘yinda 2248 dakikani tashkil kiladi. Bu statistika shuni ko‘rsatib turibdiki, ularning uchalasi xam deyarli maydonda bir xil vakt o‘tkazishgan va bu esa bizga adolatli qaror chiqarishimizga imkon beradi.
To‘purarlik
Har qanday hujumchining vazifasi ham, maqsadi xam gol xisoblanishini inobatga olsak bu ko‘rsatkich bo‘yicha kim etakchilik qilishi juda kizik, shunday emasmi? Demak, Salax hisobida xozirgi kunga kelib 18 gol mavjud, Maneda esa 13ta va Firminoda umumiy bo‘lib 8 ta gol mavjud, ammo buni xayratlanarli joyi yo‘k, sababi Misrlik forvard rakib darvozasiga boshqalarga karaganda ko‘prok zarba yo‘llashga muvaffak bo‘lgan (Salax 112, Firmino 86 , va Mane 66ta zarba yo‘llagan)  va boshqalarga qaraganda ko‘proq to‘p bilan munosabatda bo‘lgan (Salax 267 Firmino 186 Mane 170 marotaba)
Bu natijaga yaxshilab karaydigan bo‘lsak Maneni qanchalik jamoaviy xamda foydali o‘yinchi ekanligini bilib olishimiz mumkin. Mane o‘ziga berilgan 18ta katta imkoniyatdan foydalana olmaganiga qaramasdan(bu ko‘rsatkich Salaxda 14 va Firminoda 15ta) uning imkoniyatlardan foydalanish ko‘rsatkichi 20%ni tashkil etadi. Salax va Firmino bu borada Manedan orqada, ularning bu borada ko‘rsatkchi mos ravishda 14% va 15%ni tashkil etmoqda.
Salax xozir baxsda yutqazayotgandek ko‘rinishi mumkin, ammo aslida xolat unday emas. Buning sababi Salax o‘ziga yaratib berilgan golli vaziyatlardan 16tasini golga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan, bu ko‘rsatkich esa Maneda 8ta va Firminoda atigi 5tani tashkil qiladi. Demak, Salax goleadorlik maxorati bo‘yicha qolgan 2 sherigidan ustun, sababi unda berilgan imkoniyatdan foydalanish koefitsenti balandroq![banner_texturta]{banner_texturta} [/banner_texturta]G‘olib: Muxammad Salax

DRIBLING
Bu trio bir birini maydonda juda yaxshi tushunishadi va ularning himoyadagi xam hujumdagi ham o‘yin darajasi bir biridan uncha farq qilmaydi. Shu sababli ularning driblinglar soni deyarli bir xilligi unchalik xayratlanarli bo‘lmasa kerak. Mane 86 dribling, Firmino 85 va Salax 81 dribling qilishga erishgan. Firmino hamda Mane 54ta driblingni muvaffaqiyatli yakunlangan, Salaxda esa bu ko‘rsatkich 49tani tashkil etadi.
Firmino dribling bo‘yicha ustun. Lekin dribling qilish jarayonida Sanega nisbatan raqib jamoa o‘yinchilari 35 marta qoida buzishgan va bu ko‘rsatkich Firminoda 13tani va Salaxda 16tani tashkil qiladi.Bundan ko‘rinib turibdiki, senegallik futbolchi asosan havfli joylarda o‘z driblingini amalga oshiradi xamda asosan qiyin vaziyatda o‘z driblingi bilan chiqib ketish qobilyatiga ega.
  G‘olib:Sadio Mane
To‘p uzatish
Liverpul jamoasining asosoy o‘yin uslubi h imoyadan hujumga xavfli to‘p uzatishlar berishga asoslangan, lekin bu xujumchilar to‘p uzatishda qatnashmaydi degani emas. Faktlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Trend Aleksandr Arnold va Endryu Robertsonlar jamoada to‘p uzatish bo‘yicha katta ko‘lamdagi ishni bajarmoqdalar va bu esa xujumchilarning shunchaki kerakli vaziyatda kerakli joyda bo‘lishsa etarli bo‘lishini ta’minlamoqda.
Firmino bu kategoriya bo‘yicha etakchi. Braziliyalik futbolchi 1035ta pas bergan. Shundan 818tasi aniq bo‘lgan, bu ko‘rsatkich Maneda 743/906ta va  Salaxda 618/805 tani tashkil etmoqda.
Vaziyat yaratish bo‘yicha esa Maneni ko‘rsatkichlari yaxshi (52ta pas amalga oshirgan, Salax 50ta va Firmino 48ta) va golli vaziyat yaratish bo‘yicha esa Salaxni ko‘rsatkichi yaxshiroq(13ta, Firmino 12ta va Mane 9ta).Firmino bu ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha xam stabil ketmoqda va u jamoadoshlariga qaraganda to‘pni kamroq (376 marta, Mane 380 marta, Salax 397 marta) yo‘qotib qo‘ydi. Bu natijalar shuni ko‘rsatdiki, Firmino bu uchlikda past berish bo‘yicha etakchi va u jamoaning chalg‘ituvchi to‘qqizinchi raqam egasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
G‘olib:Roberto Firmino
 HIMOYaLANISh
Himoya-odatda hujumchilar o‘ylaydigan oxirgi narsa hisoblanadi. Ammo Yurgen Klopp qarashlari bo‘yicha xujum bu ximoyaning birinchi qismi xisoblanadi va pressing aynan hujumchilar tomonidan qilinishi shart deb xisoblaydi. Bu narsa, albatta, 9 raqamlining tashabbusi ostida amalga oshiriladi, lekin bugungi kunga kelib Mane to‘p uchun Firminoga qaraganda ko‘proq kurashda qatnashgan (Maneda 43ta , Firminoda 36ta) lekin biz bilamizki, to‘pga kurashish emas unda yutish muhim xisoblanadi. Bu bo‘yicha statistikaga qaraydigan bo‘lsak Mane 43ta kurashdan 26tasida, Firmino esa 36ta kurashdan 25tasida ustun kelgan.
 Ehtimol bunga Manening himoyaga qaytib o‘ynashi va Firminoni asosan ortiga qaytmasligi sabab bo‘lishi mumkindir. Salax esa  13ta kurashning 5tasida g‘alaba qozongan holda trio orasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yomoni bo‘lib turibdi.
Faktlarga qaraydigan bo‘lsak, Firmino 111marta to‘pni qaytarib olishga erishgan, Mane 107 marta va Salah esa 67 marta bunga muvaffak bo‘lishgan. Bundan tashqari braziliyalik forvard hujum zonasida pozitsiya bo‘yicha kurashda 24marta, maydon markazida 61marta kurashda g‘olib bo‘lgan.
Mane (12) - Salax(7) va Firminoga(4) qaraganda ko‘proq jamoa xujumini buzgan, ammo Firmino zarbani to‘sish(3ta) va  himoyadan to‘pni uzoqlashtirish  (11)  bo‘yicha bu trioda ustun xisoblanadi.
G‘olib: Roberto Firmino

Xo‘sh Liverpulning ushbu mavsumda bu triodan qay biri etakchilik qilmoqda?
Menimcha javobi xech kimni xursand qilmasa kerak. Salax o‘zining goleadorlik maxorati va hujumdagi xavfliligi bilan, Firmino o‘zining pastlari xamda to‘p olib qo‘yish maxorati bilan, Mane esa o‘zining dribling maxorati va boshka kategoriyalarda xam yaxshi mahoratga ega ekanligi bilan trioda ajralib turadi.
Balki, Mane bu mavmum o‘zining eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazayotgan bo‘lishi va jamoaning o‘yiniga ta’siri xam boshka mavsumlariga qaraganda yaxshiroq  bo‘lishi mumkin, lekin Liverpulning bunday davomiy g‘alabalarining sababi bo‘lishga etmaydi, chunki ularning jamoasi shunchaki qimmatbaxo! Bu jamoaning asosiy yutug‘i unda ortiqcha inson yo‘qligi, har bir jamoa azosining o‘z vazifasi bor va ular buni alo darajada bajarishmoqda!
Liverpulda ma’lum bir futbolchini lider deb aytishning iloji yo‘q, chunki har bir futbolchi shunchaki ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda va yana shuni aytib o‘tish joizki xozir ularning jamoasida dunyoda tengsiz trio mavjud.

1 926   

Комментарии
(3)

  1. SUNNATTILLA 4 ноября 2020 09:56
    • Не нравится
    • +1
    • Нравится
  2. Egamberdi 24 мая 2021 16:00
    • Не нравится
    • +1
    • Нравится
  3. ANVAR 21 ноября 2021 19:27
    • Не нравится
    • +1
    • Нравится
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
APL angliya chempionati APL turnir jadvali apldagi eng so'ngi yangliklar angliya chempionati
Arsenal haqidagi qaynoq yangiliklari Chelsi haqidagi qaynoq yangiliklari Liverpul haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Yunayted haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester shahri haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Sity haqidagi qaynoq yangiliklari "Tottenxem" klubi haqida malumot Angliya Super kubigi Angilya kubigi Angilya liga kubigi