Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Bernli» safardagi g‘alabasi evaziga «Arsenal»dan o‘zib ketdi

APL. «Bernli» safardagi g‘alabasi evaziga «Arsenal»dan o‘zib ketdi

Автор: admin


Angliya Premer-ligasi 26-turi doirasidagi «Sauthempton» - «Bernli» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.
Uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, safardan uch ochko bilan qaytishdi. Ushbu muvaffaqiyat Shon Daych qo‘l ostidagi «Bernli» jamoasiga turnir jadvalida «Arsenal»ni ortda qoldirib, 34 ochko bilan 10-o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi.
APL. 26-tur. 15 fevral
Sauthempton – Bernli 1:2

Gollar: 0:1 – 2 Vestvud, 1:1 – 18 Ingz, 1:2 – 60 Vыdra. 
Sauthempton – Makkarti, Bertran, Uoker-Piters (Obafemi, 73), Vestergor, Stivens, Bufal (Jenepo, 39), Xeyberg, Uord-Prouz, Armstrong, Long (Adams, 86), Ingz.
Bernli – Poup, Tarkovski, Bardsli, Mi, Teylor, Xendrik, Vestvud, Kork, Maknil, Vud (Vidra, 22), Rodriges.
Ogohlantirishlar: Vestergor (16), Xendrik (26), Mi (44), Obafemi (88).


27     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *