Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Tottenxem" Yaponiyalik himoyachi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi

"Tottenxem" Yaponiyalik himoyachi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi

Автор: admin

Londonning "Tottenxem" hali ham "Bolonya" bilan yaponiyalik futbolchi Takexiro Tomiyasu borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, osiyolik transferi shu haftada ikki klub o‘rtasida muhokama qilindi.
Avvalroq, italiyaliklar Tomiyasu uchun "shporlar"dan 25 million yevro atrofida mablag‘ so‘ragandi. Biroq, ushbu summa London klubi uchun biroz qimmatlik qilgan.
Telegraf nashri xabariga ko‘ra, "Tottenxem" Takexiro uchun 20 million to‘lamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yaponiyalik futbolchi Italiya A Seriyasida 31 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urishga erishgan.
59   
Добавить комментарий
Ваше имя: *