×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Transfer » «PSJ» Ikardini sotib olishga tayyor, transferga xotini to‘sqinlik qilishi mumkin

«PSJ» Ikardini sotib olishga tayyor, transferga xotini to‘sqinlik qilishi mumkin

Автор: admin


«Pari Sen-Jermen» rahbariyati yanvardagi transfer oynasida Mauro Ikardini «Inter»dan 70 million yevro evaziga to‘liq sotib olishga tayyor. Ammo parijliklarning rejasi futbolchining turmush o‘rtog‘i va agenti sanalmish Vanda Nara tufayli amalga oshmay qolishi mumkin, deya xabar beradi «Tuttosport».
«PSJ» safida ijara asosida to‘p surayotgan 26 yoshli Ikardi o‘tgan 15 o‘yinda 12ta gol va ikkita golli uzatmagan mualliflik qildi. Argentinalik forvardning sermahsul o‘yin namoyish etayotganligi, Naraning boshqa takliflarni ham ko‘rib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Vanda Ikardiga «Real» yoki «Yuventus»dan taklif tushishiga umid bildirmoqda.
Argentinalik futbolchi Fransiyada yiliga 10 million yevro maosh olmoqda. Italiyada esa uning yillik maoshi qariyb ikki barobar kam – 5,5 million yevroni tashkil etardi.
91     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *