Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Azar «Real»ning «Selta»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritildi

Azar «Real»ning «Selta»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritildi

Автор: admin


«Real» klubi yarimhimoyachisi Eden Azar jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi.
29 yoshli belgiyalik 16 fevral kuni «Selta»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Bosh murabbiyi Zinedin Zidan Azarni 19 futbolchidan iborat o‘yin qaydnomasiga kiritgan.
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Toni Fuydias.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Ferlan Mendi.
Yarimhimoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko.
Hujumchilar: Karim Benzema, Eden Azar, Garet Beyl, Luka Yovich, Vinisius Junior.
Eslatib o‘tamiz, Azar 2019 yil noyabr oyidan beri o‘ynamagan edi. Bu mavsumda futbolchi 8ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan.
«Real Madrid» – «Selta» o‘yini 16 fevraldan 17 fevralga o‘tar kechasi, soat 01:00da boshlanadi.


27     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *