Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp «Manchester Siti»ning yevrokuboklardan chetlashtirilishi haqida: «Bu juda jiddiy jazo»

Klopp «Manchester Siti»ning yevrokuboklardan chetlashtirilishi haqida: «Bu juda jiddiy jazo»

Автор: admin


«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppdan APL 26-turidan o‘rin olgan «Norvich»ga qarshi o‘yindan so‘ng musobaqaning amaldagi chempioni «Manchester Siti» yevrokuboklardan chetlatilgani haqida so‘rashdi.
«Men hayron qoldim. Aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa shu. «Manchester Siti»ning maydonda ko‘rsatayotgan o‘yini shunchaki ajoyib, qolgan mavzularda esa chuqurlashmayman.
Gvardiola va futbolchilarining holatini tushunaman. Balki klub apelyatsiya berar, ko‘ramiz nima bo‘larkin. Turgan gapki, bu juda jiddiy jazo. Ammo yana takrorlayman, ular ko‘rsatayotgan o‘yin ajoyib bo‘lib qolaveradi»,— dedi Klopp.
UEFA «Manchester Siti»ni moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilmagani sabab 2 yilga yevrokuboklardan chetlashtirgan edi. Manchester klubi iqtisodiy zararlarini UEFAga kamaytirib ko‘rsatgan.


23     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *