Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti» moliyaviy firibgarliklar uchun chempionlikdan mahrum etilishi mumkin

«Manchester Siti» moliyaviy firibgarliklar uchun chempionlikdan mahrum etilishi mumkin

Автор: admin


Moliyaviy firibgarliklar uchun UEFA tomonidan keyingi ikki mavsumga yevrokuboklardan chetlatilgan Angliyaning «Manchester Siti» klubi yana bir jazoga tortilishi mumkin. Gap «Manchester Siti»ning 2014 yilgi Angliya Premer-ligasi chempionligidan mahrum etilishi haqida ketmoqda, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Oldinroq, APL rahbariyatining «Manchester Siti»ni ochkolardan mahrum etilishi haqida o‘ylayotgani xabar qilingandi. Sababi, klublarni litsenziyadan o‘tkazish davomida APLga ko‘rsatilgan moliyaviy ko‘rsatkichlar UEFAga taqdim qilingan raqamlar bilan bir xil bo‘lishi lozim. 
Manbaning qayd etishicha, klubning 2012 yildan 2016 yilga qadar bo‘lgan muddatdagi moliyaviy firibgarliklari uchun joriy mavsum hisobidan ochko tortib olinishi hech qaysi mezonga to‘g‘ri kelmaydi. «Shaharliklar» 2012-2016 yillar oralig‘ida ikki marta (2012, 2014) chempionlikka erishgan. 2011/12 yilgi mavsumda «Siti» to‘plar nisbatiga ko‘ra, «Manchester Yunayted»dan o‘zib bosh sovringa ega chiqqan bo‘lsa, 2013/14 yilgi mavsumda «Siti» «Liverpul»ni ikki ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni qo‘lga kiritgan.
«Hozircha «Manchester Siti» rahbariyatining zararlar miqdorini yashirish uchun moliyaviy firibgarliklarga 2012 yilning qaysi davrida qo‘l urgani noma’lum bo‘lib turibdi. Shu bois, 2012 yilgi chempionlik sovrini ham so‘roq ostida qolmoqda. 2014 yilgi chempionlik esa aynan yuqoridagi keltirilgan muddatda qo‘lga kiritilgan. Agar, APL rahbariyatining alohida tekshiruvi paytida klubning qoidabuzarliklari aniqlansa, Manchester jamoasi 2014 yilgi mavsumdagi chempionlikdan mahrum etilishi mumkin» - deyiladi xabarda.


24     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *