Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. «Sevilya» ochko yo‘qotdi

La Liga. «Sevilya» ochko yo‘qotdi

Автор: admin


La Liga 24-turi doirasidagi «Sevilya» – «Espanol» uchrashuvi kutilmaganda durang natija bilan yakunlandi.
Hisobni mezbonlar ochgan bo‘lishsa-da, 35 va 50-daqiqalardagi gollar evaziga mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishgandi. 80-daqiqaga kelib sevilyaliklarning yangi futbolchisi Suso o‘z goli bilan jamoasiga durang keltirdi – 2:2.
Ushbu durangdan keyin Xulen Lopategi boshqaruvidagi «Sevilya» 40 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘rinda qoldi. «Espanol» esa 19 ochko bilan hamon so‘nggi o‘rin – 20-pog‘onani band etib turibdi.
La Liga. 24-tur. 16 fevral
Sevilya – Espanol 2:2
Gollar: 1:0 – 15 Okampos, 1:1 – 35 Embarba, 1:2 – 50 U Ley, 2:2 – 80 Suso. 
Sevilya – Vatslik, Diyego Karlos, Serdji Gomes, Navas, Regilon (Gudel, 54), Fernando, Vaskes (Nolito, 46), Suso, Banega (de Yong, 65), Okampos, En-Nesiri.
Espanol – Diyego Lopes, Kabrera, Pedrosa, Espinosa, Xavi Lopes, Sanches, Darder, Embarba (Kalero, 74), Roka, U Ley (Viktor Gomes, 72), Kaleri (Ferreyra, 82).
Ogohlantirishlar: Serji Gomes (33), U Ley (38), Sanches (49), Gudel (58), Roka (84).
Chetlatish: Sanches (69).


25     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *