Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Tottenhem» 90+4 daqiqada g‘alabani ilib ketdi

APL. «Tottenhem» 90+4 daqiqada g‘alabani ilib ketdi

Автор: admin


 Angliya Premer-ligasi 26-turi doirasidagi «Aston Villa» «Tottenhem» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.
 Uchrashuvda hisob Alderveyreldning avtogoli bilan ochilgan bo‘lsa, aynan uning o‘zi ko‘p o‘tmay muvozanatni tikladi. Bo‘lim yakunida esa Bergveyn penalti ishladi, Son Xyon Min esa 11 metrlik zarbadan keyin jamoasini tanaffusga g‘olib sifatida olib chiqdi.
 Ikkinchi bo‘limni hujumkor boshlagan mezbonlar 53-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Burchakdan yetkazilgan to‘pni Engels bosh bilan Loris darvozasiga joylab qo‘ydi – 2:2.
 Uchrashuvning 90+4-daqiqasida Son Xyon Min himoyachilarning xatosidan keyin Reyna darvozasiga g‘alaba golini kiritib, «Tottenhem»ga g‘alaba keltirdi – 2:3.
 Ushbu natijadan keyin «Tottenhem» turnir jadvalidagi ochkolari sonini 40 ochko bilan 5-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, «Aston Villa» 25 ochko bilan 17-o‘rinda qoldi.
 APL. 26-tur. 16 fevral
 Aston Villa – Tottenhem 2:3

 Gollar: 1:0 – 9, avtogol Alderveyreld, 1:1 – 27 Alderveyreld, 1:2 – 45 Son Xyon Min, 2:2 – 53 Engels, 2:3 – 90+4 Son Xyon Min.
 Aston Villa – Reyna, Gilber, Konsa, Engels, Targett, Grilish, Drinkuoter (Nakamba, 60), El-Gazi (Trezege, 70), Duglas Luis, Xoz, Samatta.
Tottenhem – Loris, Sanches, Devis, Ore, Alderveyreld, Alli, Uinks, Bergveyn, Lukas Moura, Son Xyon Min, Dayer (Lo Chelso, 60). 


27     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *