Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Yuventus» «Breshia»ni mag‘lub etib, 1-o‘ringa qaytdi va boshqa natijalar

A Seriya. «Yuventus» «Breshia»ni mag‘lub etib, 1-o‘ringa qaytdi va boshqa natijalar

Автор: admin


Italiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi. 
«Yuventus» o‘z maydonida «Breshia»ni qabul qilib, Dibala va Kuadradoning gollari evaziga g‘alaba qozondi hamda 57 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi.
«Fiorentina» safarda «Sampdoriya»ni tor-mor etgan bo‘lsa, Jervinoning yagona goli «Parma»ga «Sassuolo» ustidan g‘alaba keltirdi. «Udineze» –
«Verona» bahsida hisob ochilmadi.
A Seriya, 24-tur, 16 fevral
Yuventus – Breshia 2:0

Gollar: Dibala (38), Kuadrado (75).
Yuventus: Shensni, Aleks Sandro, Danilo, Rugani, Bonuchchi (Kellini, 78), Bentankur, Rabo, Remzi (Pyanich, 66; Matyuidi, 73), Kuadrado, Dibala, Iguain. 
Breshia: Alfonso (Andrenachchi, 10), Mateyu, Chanselor, Martella, Sabelli, Emrgal (Skrabb, 90), Byarnason (Ndoy, 80), Dessena, Bizoli, Aye, Balotelli.
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (19), Aye (33), Iguain (43), Bentankur (64).
Chetlatish: Aye (37).
Sampdoriya – Fiorentina 1:5
Gollar: Gabbyadini (90) – Torsbi (8, avtogol), Vlahovich (18, 57), Keza (40, 78).
Udineze – Verona 0:0
Sassuolo – Parma 0:1
Gol: Jervino (25).


25     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *