Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Latsio» markaziy o‘yinda «Inter» ustidan irodali g‘alabaga erishib, 2-o‘ringa chiqib oldi

A Seriya. «Latsio» markaziy o‘yinda «Inter» ustidan irodali g‘alabaga erishib, 2-o‘ringa chiqib oldi

Автор: admin


Italiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Latsio» Rimda «Inter»ni qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi. Eshli Yangning goliga mezbonlardan Chiro Immobile va Sergey Milinkovich-Savich javob berishdi.
G‘alabadan so‘ng «Latsio» ochkolarini 56taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Inter» esa 54 ochko bilan 3-o‘ringa tushib ketdi.
A Seriya, 24-tur
Latsio – Inter 2:1
16 fevral, «Olimpiko»
Gollar: Immobile (50, penalti), Milinkovich-Savich (69) – Yang (44).
Latsio: Strakosha, Acherbi, Radu, Luis Felipe, Milinkovich-Savich, Marushich, Luis Alberto, Leyva (Kataldi, 80), Xoni Rodriges (Latssari, 63), Immobile, Kaysedo (Korrea, 63). 
Inter: Padelli, Godin (Aleksis, 86), de Vrey, Shkrinyar, Yang, Barella, Brozovich (Eriksen, 77), Vesino, Kandreva (Mozes, 76), Martines, Lukaku.
Ogohlantirishlar: de Vrey (49), Leyva (51), Luis Felipe (57), Godin (79), Latssari (90), Milinkovich-Savich (90+4).


33     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *