Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Arteta: «10 kun oldin yevrokuboklar o‘rinlari bizdan uzoqda edi»

Arteta: «10 kun oldin yevrokuboklar o‘rinlari bizdan uzoqda edi»

Автор: admin


«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 26-turidan o‘rin olgan «Nyukasl»ga qarshi o‘yindan so‘ng (4:0)  o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz duranglarni g‘alabaga aylantirmoqchi edik va bunda o‘z stadionimizdagi o‘yin hal qiluvchi rol o‘ynadi. 25-daqiqadan so‘ng o‘yinni boshqara boshladik. Tanaffusdagi suhbatdan so‘ng yanada yaxshi harakat qildik.
Lyakazett? Eng asosiysi – futbolchilar va xodimlarning unga munosabati. Hamma uni juda yaxshi ko‘radi. U jamoa manfaati uchun astoydil harakat qiladi.
10 kun oldin, «Byornli» bilan o‘yindan so‘ng (0:0) yevrokuboklar pog‘onalari bizdan uzoqda edi. Endilikda hammasi o‘zimizga bog‘liq» , – deb Artetaning so‘zlarini keltiradi BBC.


20     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *