Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan: «2 ochko yo‘qotganimiz xafa qildi, ammo o‘yinimizdan qoniqdim»

Zidan: «2 ochko yo‘qotganimiz xafa qildi, ammo o‘yinimizdan qoniqdim»

Автор: admin


«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 24-turidan o‘rin olgan «Selta»ga qarshi bahsdan so‘ng (2:2)  o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«2 ochkodan mahrum bo‘lganimizdan xafa bo‘ldim, ammo maydondagi harakatlarimizdan qoniqdim.  
Uyda ochko yo‘qotdik. Qaytish oson emas edi. Raqib buni uddaladi, Denis Suares ajoyib uzatma berdi.
Har doim o‘yinda bo‘lish qiyin. Doim ham yaxshi himoyalana olmaysiz, lekin umuman olganda himoyada hammasi yomon emas. 
Azar? Qaytganidan mamnunman. U rejalashtirilganidek 70 daqiqa o‘ynadi va yaxshi harakat qildi», – deb Zidanning so‘zlarini keltiradi As.


26     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *