Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Konte: «O‘yin tizgini qo‘limizda bo‘la turib yutqazgan o‘yinlarimiz ko‘p bo‘lyapti»

Konte: «O‘yin tizgini qo‘limizda bo‘la turib yutqazgan o‘yinlarimiz ko‘p bo‘lyapti»

Автор: admin


«Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyaning 24-turidan o‘rin olgan «Latsio»ga qarshi o‘yindan so‘ng (1:2) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Yaxshi o‘ynadik, ammo natija va o‘tkazib yuborilgan gollar xafa qildi. Biz gollarni «Latsio»ga sovg‘a qildik. Mukammal emasdik, bugungidek katta o‘yinlarda kichik xatolarning qimmati baland bo‘ladi. 
Ushbu mavsumda o‘yin tizgini qo‘limizda bo‘la turib, yutqazgan o‘yinlarimiz ko‘p bo‘lmoqda. Masalan, «Borussiya» D (2:3) va «Barselona» (1:2) bilan bahslar. Tanaffusdan so‘ng bir narsadan qo‘rqayotganga o‘xshadik. Bunday bo‘lmasligi kerak. 
Yigitlar astoydil harakat qilishdi, buning uchun ularga rahmat aytaman. «Latsio» bilan o‘yin 6 ochkolik edi. Chempionlik poygasida qatnashayotganimizdan faxrlanishimiz kerak. Shu bilan birga, yetakchilarga muammolar tug‘dirishni istasak, o‘yinimizga qo‘shishimiz kerak», – deb Kontening so‘zlarini keltiradi Football Italia.


24     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *