Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Kafu: «Neymar futbolga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirsa, «PSJ»da Messi darajasiga yetishi mumkin»

Kafu: «Neymar futbolga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirsa, «PSJ»da Messi darajasiga yetishi mumkin»

Автор: admin


«Milan», «Roma» klublari va Braziliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Kafu Neymarning «PSJ»dagi o‘yinlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Neymar dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish uchun potensialga ega. U «PSJ»da o‘ynab turib, Messi va Ronaldu darajasiga yetishi mumkin. Uning «PSJ»ga o‘tishi Fransiya futbolidagi eng yaxshi transferlardan biri bo‘lgan. Biroq futbolga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish vaqti keldi. 
Neymar yetakchi o‘yinchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak, shunda hammasi yaxshi bo‘ladi. Biz undan ko‘p narsa kutyapmiz. Uning yildan yilga oshib borayotgan tajribasi dunyoning eng yaxshilaridan biri bo‘lishiga imkon beradi» — deb Kafuning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.
Ma’lumot o‘rnida, parijliklar safiga 2017 yilda o‘tgan Neymar ushbu mavsumda 14ta o‘yinda 13ta gol urishga erishdi.


30     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *