Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Sulsher: «Pogba Rayolani emas, «Manchester Yunayted»ning futbolchisi»

Sulsher: «Pogba Rayolani emas, «Manchester Yunayted»ning futbolchisi»

Автор: admin


«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa yarimhimoyachisi Pol Pogba va uning agenti Mino Rayola haqida fikr bildirdi.
«Men Rayola va Pogba bilan ularning munosabati haqida gaplashganim yo‘q. Rayolaning fikri meni qiziqtirmaydi. Pogba Rayolaning emas, «Manchester Yunayted»ning futbolchisi. U jarohatdan tuzalsa, albatta maydonga qaytadi. Aminmanki, Pol ham tezroq safga qaytishni intizorlik bilan kutmoqda. 
Pogba uzoq muddat safdan chiqqanligi sabab yana oldingi sport formasini tiklashi uchun juda ko‘p ishlashi kerakligini yaxshi anglab turibdi. Bu unga yangi chaqiruv bo‘ladi. Albatta, eng yaxshi futbolchilaring jarohat olib safdan chiqishi juda yoqimsiz, ammo bu futbolning bir qismi», - deya Sulsherning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Eslatib o‘tamiz, Pogbaning agenti Mino Rayola fransiyalik futbolchining «Yuventus»ga qaytishi borasida Turin klubi bilan muzokara boshlaganligini aytib o‘tgandi.


29     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *