Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Venger «Siti»ga qo‘yilgan sanksiya haqida: «Qoidalarni hamma hurmat qilishi shart»

Venger «Siti»ga qo‘yilgan sanksiya haqida: «Qoidalarni hamma hurmat qilishi shart»

Автор: admin


Londonning«Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger «Manchester Siti»ning yevrokuboklardan chetlatilishi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Qoidalar shuni taqozo etadi, uni hamma hurmat qilishi shart. Ushbu qoidalarni turli yo‘llar bilan aylanib o‘tishga uringan insonlar fosh etildi. Agar ular buni qasddan qilishgan bo‘lsa, jazolanishlari kerak. O‘ylashimcha, sportning tub mohiyati bu qoidalar ichidagi g‘alabadir.
Biz qoidalarni hurmat qilishlarini bilishni xohlaymiz. Agar qoidalarga hurmat bo‘lmasa, bu sport emas. Musobaqada qatnashsangiz, qoidalarni hurmat qilishingiz shart», — deb Vengerning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Ma’lumot o‘rnida, Arsen Venger 2019 yildan beri FIFAning futbolni global rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.


29     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *