Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Simeone: «Koutino ketgach, «Liverpul» tarqab ketadigandek tuyulgandi»

Simeone: «Koutino ketgach, «Liverpul» tarqab ketadigandek tuyulgandi»

Автор: admin


«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Ajoyib jamoaga qarshi o‘yin kutib turibdi. Ularda juda kuchli murabbiy bor. U 4 yil davomida hozirgi jamoani yaratdi va takomillashtirib bordi. Koutino ketganidan so‘ng, jamoa tarqab ketadiganday tuyulgandi. Ammo, aksincha, kuchayib ketdi.
Bu «Liverpul» tarixga kiradi. Biz buyuk jamoa haqida gapiryapmiz. Ular har qanday raqibga oson moslashishadi. «Liverpul»ga tan beraman. Ammo biz ham dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik.
Jamoamga va muxlislarimizga ishonaman. Noumidlikni ko‘rmayapman. Faqat ishtiyoq va ilhom», – deb Simeonening so‘zlarini keltiradi Marca.
Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» – «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi birinchi o‘yin bugun, 18 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.


22     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *