Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Liverpul» birinchi bo‘lib 2020/2021 yilgi YeCHLga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

«Liverpul» birinchi bo‘lib 2020/2021 yilgi YeCHLga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Автор: admin


APLning 26-turida «Chelsi» o‘z maydonida «MYU»ga mag‘lub bo‘ldi (0:2).
Bu natijadan so‘ng «Liverpul» qolgan barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lsa ham, Top-5dan tushib ketmasligi ma’lum bo‘ldi va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mersisaydliklar Yevropada birinchi bo‘lib 2020/2021 yilgi YeCHLda qatnashish masalasini hal qilishdi. 
4-5-o‘rinlardagi «Chelsi» (41 ochko) va «Tottenhem» (40 ochko) «Liverpul»dan (76 ochko) 35 va 36 ochkoga ortda qolishmoqda. London klublaridan biri o‘zaro o‘yinda ochko yo‘qotishi va «Manchester Siti»ning yevrokuboklardan chetlatilgani inobatga olinsa, «Liverpul» har qanaqasiga 5-o‘rindan pastga tushib ketmaydi. 
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» yevrokuboklardan 2 yilga chetlatilgani uchun APLda 5-o‘rinni egallagan jamoada ham YeCHLda qatnashish imkoni yuzaga keldi. Albatta, buning uchun «shaharliklar» top-4dan tushib ketmasliklar kerak.


24     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *