Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard: «Maguayr chetlatilishi, Zumaning goli hisobga olinishi kerak edi»

Lempard: «Maguayr chetlatilishi, Zumaning goli hisobga olinishi kerak edi»

Автор: admin


«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard APLning 26-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindan so‘ng (0:2) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz uchun og‘ir kecha. Ko‘p sabablarga ko‘ra, bu mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin. Yigitlarning professionalligidan shikoyat qila olmayman. 
0:2ga loyiq emasdik. Juda ko‘p zarbalar berdik. Agar gol ura olmasangiz, g‘alaba qozona olmaysiz. 4-o‘rinni egallab turibmiz. Bu ligada istalgan jamoa ochko tortib oladi. 
Batshuayi uchun ham og‘ir kecha bo‘ldi. Hujumchining ishi gollar bilan baholanadi. Bizga gollar kerak, ammo bu mavsumda vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. Butun mavsum davomida Abrahamga ishonib bo‘lmaydi.
Maguayr qizil kartochka olishi kerak edi va bu o‘yinni o‘zgartirardi. Aspilikuetani ham itarib yuborishgandi, Zumaning goli inobatga olinishi kerak edi. Jiruning tirnoqlari ofsaydda edi. Tushunaman, qoidalar shunday. 
Nima uchun hakamlarning o‘zlari monitorlardan foydalanishmayapti? Foydalanish kerak», – deb Lempardning so‘zlarini keltiradi BBC.


21     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *