Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Oblak: «Liverpul» – favorit. Ammo raqibga istagan narsasini qilishga imkon bermaymiz»

Oblak: «Liverpul» – favorit. Ammo raqibga istagan narsasini qilishga imkon bermaymiz»

Автор: admin


«Atletiko» darvozaboni Yan Oblak Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Shubhasiz, Alisson dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biridir. Uni o‘tgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni bo‘lgani bilan tabriklayman.
«Liverpul» – 1 yildan beri yutqazmayotgan jamoa. Ular – turnirning favoriti. Ammo bu bizning taslim bo‘lishimizni va raqibga istagan narsasini qilishiga imkon berishimizni anglatmaydi. Ikkinchi o‘yin oldidan imkoniyatni saqlab qolish uchun eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak.
Raqibning har bir pozitsiyasida ajoyib futbolchilar jamlangan. Nafaqat hujum uchligi, balki barcha o‘yinchilardan ehtiyot bo‘lishimiz kerak», – deb Oblakning so‘zlarini keltiradi Marca.
Ma’lumot uchun, «Atletiko» – «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi birinchi o‘yin bugun, 18 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.


25     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *