Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Bedor tunlar boshlanmoqda. YeCHL 1/8 final o‘yinlari anonsi, taxminiy tarkiblar

Bedor tunlar boshlanmoqda. YeCHL 1/8 final o‘yinlari anonsi, taxminiy tarkiblar

Автор: admin


 Barchamiz intizorlik bilan kutgan Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bahslari boshlanmoqda. Bugun, 18 fevral seshanba oqshomida ko‘hna qit’aning ikkita stadionidagi qarama-qarshilik bilan nimchorak final uchrashuvlariga start beriladi.
 Ushbu haftada 1/8 final doirasidagi to‘rtta o‘yin o‘tkaziladi. Seshanba oqshomida Madridda «Atletiko» - «Liverpul» uchrashuvi o‘tkazilsa, Dortmundda «Borussiya» - «PSJ» to‘qnashuvi kuzatiladi.
 Chorshanba kuni esa Milandagi «San-Siro» stadionida «Atalanta» - «Valensiya» bahsi, Londonda esa «Tottenhem» - «Leypsig» qarama-qarshiligi bo‘ladi. Nimchorak final o‘yinlari bizning vaqtimiz bilan soat 01:00da boshlanishi bois, muxlislar shiddatli to‘qnashuvlar uchun shirin uyqudan biroz voz kechishlariga to‘g‘ri keladi.
Chempionlar ligasi. 1/8 final.
Birinchi uchrashuvlar

18 fevral (seshanba)
«ATLETIKO» - «LIVERPUL»
Madrid, «Vanda Metropolitano»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: UzReportTV

Musobaqaning amaldagi g‘olibi «Liverpul» Madridda «Atletiko»ga qarshi saf tortadi. Jamoalarning ayni damdagi holati ikki xil. Simeone jamoasi La Ligada 4-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Klopp shogirdlarini Angliya Premer-ligasida to‘xtata oladigan jamoa topilmayapti. Ko‘ramiz, madridliklar amaldagi chempionga qarshi qay daraja qarshilik ko‘rsata olisharkin. Bugungi o‘yin oldidan ikki jamoa tarkibida ham muammolar mavjud.
 Taxminiy tarkiblar:
«Atletiko»:
Oblak; Arias, Savich, Felipe, Lodi; Tomas, Saul, Lorente, Koke; Vitolo, Korrea
Jarohatlanganlar: Tripper, Errera, Felish, Kosta
 «Liverpul»: Alisson; Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes, Robertson; Xenderson, Fabino, Veynaldum; Saloh, Firmino, Mane
Jarohatlanganlar: Klayn, Shakiri, Mane, Milner
 «Atletiko»
Guruh bosqichidan keyin:
DG‘MDMMDG‘G‘G‘G‘ (barcha turnirlardagi natijalar)
So‘nggi o‘yin: «Valensiya» - «Atletiko» 2:2, 14.02
Hozirda: La Ligada 4-o‘rin
«Liverpul»
Guruh bosqichidan keyin:
G‘G‘G‘G‘DG‘G‘G‘G‘G‘G‘G‘G‘G‘MG‘
So‘nggi o‘yin: «Norvich» - «Liverpul» 0:1, 15.02
Hozirda: APLda 1-o‘rin
 18 fevral (seshanba)
«BORUSSIYA» D - «PARI SEN-JERMEN»
Borussiya, «Signal Iduna Park»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: Futbol TV

 Seshanba kungi yana bir shiddatli o‘tishi kutilayotgan qarama-qarshilik Dortmundda kuzatiladi. Fransiyaning amaldagi chempioni «PSJ» «Borussiya» mehmoni bo‘ladi. Ushbu juftlik bahsi yangi yulduzlar Holand va Mbappe o‘rtasidagi to‘qnashuvga aylansa ajabmas. So‘nggi o‘yinlarda yirik hisobli natija qayd etayotgan bu ikki klub o‘rtasidagi uchrashuv hujumkor ruhda o‘tishi aniq.
Taxminiy tarkiblar:
«Borussiya»:
Byurki; Zagadu, Xummels, Piek; Xakimi, Gerreyru; Sancho, Jan, Vitsel, T.Azar; Holand
Jarohatlanganlar: Roys, Dileyni, Brandt
«PSJ»: Navas; Mene, Markinos, Tyago Silva, Bernat; Di Mariya, Guey, Verratti, Neymar; Ikardi, Mbappe
Jarohatlanganlar: Dagba, Diallo
 «Borussiya»
Guruh bosqichidan keyin:
G‘MMG‘G‘G‘MDG‘
So‘nggi o‘yin: «Borussiya» - «Ayntraxt» 4:0, 14.02
Hozirda: Bundesligada 3-o‘rin
 «Pari Sen-Jermen»
Guruh bosqichidan keyin:
DG‘G‘G‘G‘G‘G‘G‘G‘G‘DG‘G‘G‘G‘
So‘nggi o‘yin: «Amen» - «PSJ» 4:4, 15.02
Hozirda: Fransiya chempionatida 1-o‘rin
  19 fevral (chorshanba)
«ATALANTA» - «VALENSIYA»
Milan, «San-Siro»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: Futbol TV / UzReportTV

 Yevropaning eng quvnoq jamoasi bo‘lib turgan Bergamoning «Atalanta» klubi Chempionlar ligasi doirasidagi «Valensiya»ga qarshi bahsni Milandagi «San-Siro» stadionida o‘tkazadi. Jan Pero Gasperini jamoasi A Seriyada 4-pog‘onada borayotgan bo‘lsa, «Valensiya»ning La Ligadagi ishlari unchalik yaxshi emas - «ko‘rshapalaklar» 7-o‘rinni egallab turibdi. Afisha jihatdan bu o‘yin qolgan juftliklar orasida kamtargina ko‘rinishi mumkin, ammo o‘yin jihatdan ikki tomon ham chorak finalga chiqish uchun “jang” qilishi aniq.
 Taxminiy tarkiblar:
«Atalanta»:
Gollini; Toloy, Palomino, Jimshiti; Xatebur, de Roon, Froyler, Gosens; Gomes, Ilichich; Sapata
 «Valensiya»: Domenek; Gayya, Dyaxabi, Mangalya, Vass; Parexo, Koklen, Ferran Torres, Soler; Maksi Gomes, Rodrigo
Jarohatlanganlar: Garay, Pichchini, Valexo, Gabriel, Gameyro, Cherishev, Sillessen.
 «Atalanta»
Guruh bosqichidan keyin:
MG‘DG‘MMDG‘G‘M
So‘nggi o‘yin: «Atalanta» - «Roma» 2:1, 15.02
Hozirda: A Seriyada 4-o‘rin
 «Valensiya»
Guruh bosqichidan keyin:
DMMG‘DG‘G‘MMG‘DD
So‘nggi o‘yin: «Valensiya» - «Atletiko» 2:2, 14.02
Hozirda: La Ligada 7-o‘rin
 «TOTTENHEM» - «LEYPSIG»
London, «Tottenhem stedium»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: Futbol TV / UzReportTV

 Chorshanba kungi yana bir bahs Joze Mourino qo‘l ostidagi «Tottenhem» hamda Germaniyaning «Leypsig» klubi o‘rtasida kechadi. So‘nggi 7 o‘yindan 5tasida g‘alaba qozongan London klubi bugunga kelib yaxshi formaga kirib oldi. «Leypsig» ham Bundesliga bahslarida chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Ushbu bahs oldidan ikki jamoada ham jarohatlangan futbolchilar yetarlicha. Chorshanba oqshomidagi o‘yin murabbiylar Joze Mourino va Yulian Nagelsman o‘rtasidagi o‘ziga xos uchrashuvga aylansa kerak.
 Taxminiy tarkiblar:
«Tottenhem»:
Loris; Ore, Sanches, Alderveyreld, Tanganga; Uinks, Lo Chelso; Bergveyn, Alli, Son; Lukas
Jarohatlanganlar: Keyn, Sissoko
 «Leypsig»: Gulach; Myukile, Klostermann, Xalstenberg, Anxelino; Laymer, Aydara; Forsberg, Zabitser; Verner, Shik
Jarohatlanganlar: Adams, Kampl, Konate, Orban, Upamekano (diskvalifikatsiya).
 «Tottenhem»
Guruh bosqichidan keyin:
G‘G‘G‘DG‘DG‘MDMDG‘MG‘
So‘nggi o‘yin: «Aston Villa» - «Tottenxem» 2:3, 16.02
Hozirda: APLda 5-o‘rin
 «Leypsig»
Guruh bosqichidan keyin:
G‘DMDMG‘G‘DG‘
So‘nggi o‘yin: «Leypsig» - «Verder» 3:0, 15.02
Hozirda: Bundesligada 2-o‘rin
 25 fevral (seshanba)
«Chelsi» - «Bavariya»
«Napoli» - «Barselona»
 26 fevral (chorshanba)
«Lion» - «Yuventus»
«Real» - «Manchester Citi»
61     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *