Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mark Klattenburg «Chelsi» - «MYU» uchrashuvi hakamlarining xatolarini ko‘rsatdi

Mark Klattenburg «Chelsi» - «MYU» uchrashuvi hakamlarining xatolarini ko‘rsatdi

Автор: admin


Angliya Premer-ligasining sobiq hakami Mark Klattenburgning fikricha, «Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr «Chelsi» bilan o‘yinda (0:2) maydondan chetlatilishi lozim edi. 
«O‘yindagi ikkinchi golga mualliflik qilgan Xarri Maguayr golga qadar maydondan chetlatilishi lozim edi. U Mishi Batshuayi bilan bo‘lgan vaziyatda qizil kartochkaga loyiq ish qildi.
Dastlab Maguayrni tarafini olmoqchi edim, chunki u yakkakurashda «Chelsi» hujumchisi ustiga yiqilmasligi uchun shunchaki ushlab qolmoqchidek fikr uyg‘otdi. Ammo takroriy vaziyatlardan ko‘rindiki, himoyachi hujumchiga qarata takroran zarba berishga uringan.

Bosh hakam unga qizil kartochka ko‘rsatishga to‘la haqli edi. VAR tizimi orqali vaziyat takror ko‘rilgan bo‘lsa-da, afsuski ular ham bosh hakam Entoni Teylorning xato qilganini tushunishmadi.
Eslasangiz, aynan Teylor boshqargan dekabr oyidagi «Tottenhem» – «Chelsi» o‘yinida ham Son Xyon Min Antonio Ryudigerga qarshi xuddi shunday fol ishlatgan va unga qizil kartochka ko‘rsatilgandi.

Aminmanki, Teylor Maguayrning qo‘polligini ko‘rmadi, agarda uning o‘zi monitor oldiga kelib vaziyatni takror ko‘rganida Xarriga qizil kartochka ko‘rsatgan bo‘lardi. Villianga sariq kartochka ko‘rsatilishiga kelsak, bu penalti ishlash uchun simulyatsiya edi. Bosh hakam vaziyatni to‘g‘ri baholadi», – deya fikr bildirdi Klattenburg.


26     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *