Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Tottenhem» jiddiy muammoga uchradi

«Tottenhem» jiddiy muammoga uchradi

Автор: admin


«Tottenhem» hujumchisi Son Xin Min APLning 26-turi doirasida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda (3:2) jarohat olgan.
27 yoshli forvard o‘ng qo‘lini sindirib olgani ma’lum bo‘ldi. Shu haftada u jarrohlik stoliga yotadi.
«Shporlar» klubi futbolchining jarohati to‘g‘risida rasman xabar berib, futbolchi bir necha haftaga safdan chiqqanini ma’lum qilgan.
The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining tiklanib maydonga qaytishi uchun 6-8 hafta vaqt ketadi.
Londonliklar klubining boshqa bir hujumchisi Harri Keyn mavsumning birinchi qismida belidan jarohat olgan, u yanvar oyida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgandi. U aprelgacha futbol o‘ynay olmaydi.
19 fevral kuni «Tottenhem» Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida «RB Leypsig»ga qarshi birinchi o‘yinni o‘tkazadi.


26     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *