Goal24.uz » O'zbekiston » PFL qarzdorlik sabab «Andijon»ga taqiq qo‘ydi

PFL qarzdorlik sabab «Andijon»ga taqiq qo‘ydi

Автор: admin


Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita «Andijon» futbol klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida taqiq qo‘ydi. Bu haqda PFL rasmiysi Diyor Imomxo‘jayev telegram kanalida xabar bermoqda.
«Klubga bir necha marta muddat berilganiga qaramay, qarzdorliklar masalasi hal etilmagan. «Andijon» futbol klubining nafaqat o‘z futbolchilari, balki boshqa klublar va tashkilotlardan ham qarzlari to‘planib qolgan. 
Agar «Andijon» 7 mart sanasiga qadar barcha qarzdorliklarini bartaraf etsa, shu sananing 23:59 vaqtiga qadar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Mazkur sanaga qadar ulgurilmasa, qo‘mita klubga nisbatan keyingi choralarni qo‘llaydi» - deyiladi manbada.
Ma’lumot uchun, «Andijon» Superliga 1-turi doirasida 28 fevral kuni Toshkentda «Lokomotiv» mehmoni bo‘ladi.


28     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *