Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mourino: «Son uchun mavsum yakunlandi»

Mourino: «Son uchun mavsum yakunlandi»

Автор: admin


«Tottenhem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «RB Leypsig»ga qarshi o‘yindan oldin hujumchi Son Xyon Min ahvoli haqida ma’lumot berdi.
«Son Xyon Minning o‘rnini bosadigan futbolchini topish mushkul, bu juda yomon holat. Hammasi ravshan va qo‘limizdan hech narsa kelmaydi. Tarkibdagi boshqa futbolchilar bilan o‘ynayveramiz. Bu mavsumda Sonning maydonga qaytishidan umidimini uzganman. Uni bir-ikkita o‘yinda maydonga tushishi mumkinligini aytgan matbuot kotibimiz esa optimist», — deb Mourino so‘zlarini keltirmoqda UEFA sayti.
Eslatib o‘tamiz, APL 26-turi doirasidagi «Aston Villa»ga (3:2) qarshi o‘yinda koreyalikning o‘ng qo‘li singan edi. Shu haftada uning jarrohlik stoliga yotishi kutilmoqda.
Bu mavsumda futbolchi APL doirasida 21ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol urgan va 8ta golga hammualliflik qilgan.


28     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *