Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Tottenhem» «MYU» futbolchisini sotib olmoqchi

«Tottenhem» «MYU» futbolchisini sotib olmoqchi

Автор: admin


Londonning «Tottenhem» klubi transfer huquqi «Manchester Yunayted»ga tegishli bo‘lgan Kris Smollingni sotib olmoqchi. Bu haqda Corriere dello Sport xabar berdi.

Manbada qayd etilishicha, «shporlar» 30 yoshli angliyalik futbolchini yozgi transferlar vaqtida o‘z tarkiblariga qo‘shib olishmoqchi. Shuningdek, Smollingga «Everton» klubi ham qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi bu mavsumda Italiyaning «Roma» klubida ijara asosida to‘p so‘rmoqda.
Smolling «Roma» tarkibida 24ta bellashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol va 1ta assist yozdirib qo‘ydi. Uning «MYU» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo‘ljallangan.


21     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *