Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp: «30 daqiqa o‘tgandan so‘ng «Atletiko»ning 3ta o‘yinchisi maysada dam oldi»

Klopp: «30 daqiqa o‘tgandan so‘ng «Atletiko»ning 3ta o‘yinchisi maysada dam oldi»

Автор: admin


«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi dastlabki bahsdan so‘ng (0:1) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Yutqazdik, ammo men uchun bu mag‘lubiyat emas. Bu – shunchaki tanaffus. Bunday muhitda siz kuchli hakam bo‘lishingiz kerak. Bu oson emas edi. Bugun juda ko‘p narsa sodir bo‘ldi. 30 daqiqa o‘tgandan so‘ng ularning 3ta o‘yinchisi dam olish uchun maysada yotishdi. Kimnidir ayblamoqchi emasman. Oldinda uzoq pauza bor va bundan foydalanamiz», – deb germaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi BT Sport.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» va «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi.


23     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *