Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Jiru yozda A Seriya klubiga tekinga o‘tishi mumkin

Jiru yozda A Seriya klubiga tekinga o‘tishi mumkin

Автор: admin


«Chelsi» hujumchisi Olive Jiru yozda Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin, deb xabar beradi Le10 Sport. 
Manbaning xabariga ko‘ra, italyan klubi 33 yoshli hujumchining vakillari bilan futbolchining shaxsiy shartnomasini kelishib olish borasida muzokaralar boshlagan. Fransuz yanvarda «Latsio»ga o‘tishi mumkin edi, ammo London klubi xujumchini qo‘yib yubormadi.
Jiru «Chelsi»da 2018 yil yanvardan beri o‘ynaydi. Uning «aristokratlar» bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi va futbolchi erkin agentga aylanadi. Jiru bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 7ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urdi.


24     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *