Goal24.uz » O'zbekiston » Eron va Saudiya Arabistoni klublarining OCHL o‘yini Toshkentda o‘tkazilishi mumkin

Eron va Saudiya Arabistoni klublarining OCHL o‘yini Toshkentda o‘tkazilishi mumkin

Автор: admin


Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Eronning «Sipohan» va Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klublari o‘rtasidagi bahs Toshkentda o‘tkaziladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayangan holda taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev «Futbolium» kanalida xabar berdi.
Bellashuv 3 mart kuni katta ehtimol bilan «Lokomotiv» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Erondagi notinch siyosiy vaziyat tufayli Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Chempionlar Ligasi o‘yinlarini bu mamlakat hududida o‘tkazishni vaqtinchalik taqiqlab qo‘ydi. Natijada, «Shahri Xudro‘», «Sipohan», «Persepolis» va «Istiqlol» klublari dastlabki 3ta turni safarda yoki neytral maydonda o‘tkazishadigan bo‘lishdi. 4-6 tur o‘yinlarini qayerda o‘tkazilishi esa qo‘shimcha qaror bilan belgilab beriladi.


46     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *