Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Jiru «Inter» bilan muzokara o‘tkazmoqda

Jiru «Inter» bilan muzokara o‘tkazmoqda

Автор: admin


Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Olive Jiru qishki transfer oynasi vaqtida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda «L’Équipe» nashri xabar bermoqda.
«33 yoshli fransiyalik futbolchi Italiyaning «Inter» klubi bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Jiru milanliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda. Bu masala hal bo‘lgach, «Inter» transfer puli borasida «Chelsi» bilan muzokaraga kirishadi. London klubi o‘z forvardi uchun katta mablag‘ so‘ramoqchi emas» - deyiladi manbada.
Eslatib o‘tamiz, Olive «Chelsi» safida 2018 yilning yanvar oyidan buyon to‘p surib kelmoqda. Amaldagi shartnoma 2020 yilning 30 iyun kunigacha imzolangan. Jiru ushbu mavsumda 7 o‘yinda bor yo‘g‘i bitta gol urishga erishdi.
112     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *