Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Xalk faoliyatini Ispaniyada to‘p surishi mumkin

“Zenit” va “Portu” klublaridagi o‘yinalari bilan muxlislarga yahshi tanish bo‘lgan braziliyalik hujumchi o‘z jamoasini o‘zgartirmoqchi.
 Bu haqida “TheSun” nashri xabar bermoqda. Manbaning xabar berishicha, futbolchining o‘zi Xitoy klubi bilan tuzilgan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan va o‘zining so‘nggi mavsumlarini Yevropa yashil maydonlarida o‘tkazmoqchi.
Ayni damda Xalk uchun bir nechta takliflar mavjud bo‘lsada, futbolchining o‘zi faoliyatini «Espanyol» klubida davom ettirish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Xalk 2016-yilda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi safiga borib qoshilgan edi.
“Marsel” “Napoli” himoyachisiga qiziqib qoldi

Fransiyaning “Marsel” jamoasi Italiyaning “Napoli” klubi himoyachisi Fevzi Gulamni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. O‘z vaqtida dunyoning eng qimmat himoyachisibo‘lishi mumkin bo‘lgan Gulam uchun “Manchester Yunayted” 48 million yevro to‘lashga tayyor edi, biroq klub uni tarkibda ushlab qolgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas.
Endilikda Gulam “Napoli”ning asosiy tarkibidan tushib qoldi va yanvar oyida jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi. Hozircha uning hizmatlariga Fransiyaning “Marsel” jamoasidan boshqa klub qiziqsh bildirganicha yo‘q. Vaziyat kelasi hafta o‘rtalarigacha o‘zgarmasa, yanvar oyida futbolchi “Liga 1” klubi tarkibiga borib qo‘shilishi aniq.
Italiya klublari Kalashinas uchun kurashga kirishdi

Londonning “Arsenal” jamoasiqanoy himoyachi Saad Kolashinas tez orada Londonni tark etishi kutilmoqda. “SkySport” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, futbolchining hizmatlari bilan Italiyaning “Roma” va “Napoli” klublari jiddiy qiziqib qolgan.
“Roma” futbolchi va uning agenti bilan kelishan xolda, transferni kelasi yozda amalga oshirishini rejalashtirayotgan bo‘lsa, “Napoli” qishki transfer oynasi chog‘idayoq bosniyalik himoyachini sotib olishni niyat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Saad va “Arsenal” o‘rtasida tuzilgan shartnoma 2022-yilga qadar mo‘ljallangan.
“Atletiko Madrid” qishda kimni xarid qilishi aniq

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida kimni xarid qilish borasida yakuniy qarorga keldi.
“DiarioAS” tarqatgan xabarlarga qaraganda, “matraschilar” qishki transfer oynasi ochilishi bilan “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Nemania Matichni xarid qilmoqchi. Serbiyalik tayanch yarim himoyachisi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ygani bois, klub uni sotib yuborishga qarshi emas. Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, Matichning transferi “Atletiko Madrid” uchun 20 million yevroga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, serbiyalik futbolchining hizmatlariga “Inter” va “Milan” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
“Manchester Yunayted”ga Kumbula kerak

Angiliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi qishki transferlar chog‘ida Italiyaning “Verona” klubi himoyachisi Marash Kumbulaning shartnomasini sotib olmoqchi.
19 yoshlik markaziy himoyachi ushbu mavsumda “Verona”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va ko‘plab grand klublar e’tiboriga tushdi. Angliya klubidan tashqari, albaniyalik himoyachiga Italiyaning “Lasio”, “Milan” va “Napoli” klublari ham e’tibor qaratgan.
Futbolchining agentining xabar berishicha, Marashning o‘zi “qizil iblislar” safida to‘p surish ishtiyoqida yonmoqda.“Verona” o‘z himoyachisini 15 million yevrodan kamiga sotmasligini rasman e’lon qildi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha, qishki transfer oynasi cho‘gida Kumbula Manchesterga ko‘chib o‘tishi mumkin.
316   
Добавить комментарий
Ваше имя: *