×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi: «Lautaro Martines «Barsa»ga o‘tishini istardim»

Messi: «Lautaro Martines «Barsa»ga o‘tishini istardim»

Автор: admin


«Barselona» sardori Lionel Messi «Inter» hujumchisi Lautaro Martines haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Abidalning atyishicha, Lautaro va Neymar yozgi transfer paytida «Barsa»ga o‘tishi mumkin ekan. Lautaro haqida nima deya olasiz?
— U yaxshi taassurot qoldirmoqda. U katta o‘sishga erishdi va u ajoyib o‘yinchiga aylanadi. Martines juda kuchli va darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatlarni yakunlashda ajoyib harakat qiladi. Jarima maydoni ichida har qanday futbolchi bilan bilan kurasha oladi, hujum yo‘nalishini keskin o‘zgartiradi va gol uradi. Juda saviyali va har tomonlama rivojlangan o‘yinchi.

— Lautaro esa o‘ziga Luis Suares yoqishini aytdi. Ular bir jamoada o‘ynasa, yaxshi ish bo‘lar edimi?
— U jamoamizga qo‘shilib, Yevropa chempionlar ligasi sovrini uchun kurashishini istardim. Lautaro Luisga o‘xshaydi. Ular pressing va golli vaziyatlarda to‘pni yaxshi ushlab tura olishadi. Ularning o‘xshash jihatlari ko‘p.

— Suaresning o‘zi ham «Barsa» yangi hujumchi sotib olishi kerakligini aytib o‘tgan edi. Ular bir-birlarining o‘rnini to‘ldira olishadimi?
— Ha, avval aytganimdek, barcha yaxshi futbolchilar oxir-oqibat bizning o‘yinimizga moslashadi. Luis katta tajribaga ega va Lautaroning klubga moslashishiga yordam beradi. Lekin hozircha bularning barchasi taxminlar, – dedi Messi.
Manba: sports.ru

11     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *